Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Soros Uchinchi jahon urushidan gap ochdi

Soros Uchinchi jahon urushidan gap ochdi

Foto: LIGA.net

Amerikalik milliarder Jorj Sorosning ta’kidlashicha, Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi, ehtimol, Uchinchi jahon urushining boshlanishi bo‘ldi. Bu haqda «Reuters» xabar berdi.

«Bosqin, ehtimol, Uchinchi jahon urushining boshlanishi bo‘ldi, bizning sivilizatsiya undan omon chiqmasligi mumkin. Sivilizatsiyamizni qutqarishning eng ma’qul, balki yagona yo‘li — Putinni imkon qadar tezroq yengishdir. Masala shunda», — dedi Soros Davosda o‘tayotgan Jahon iqtisodiy forumida.

Milliarder Germaniya sobiq kansleri Angela Merkelni ham ayab o‘tirmadi: «Moskva bilan «maxsus bitimlar» tuzib, Yevropani Rossiya gaziga qaram qilib qo‘ygan, Xitoyni esa Germaniyaning eng yirik eksport bozoriga aylantirgan», — uning so‘zlarini keltirmoqda «Sorosa Politico».

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring