Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Davos-2020: uchrashuv joyini o‘zgartirish mumkin emas

Davos-2020: uchrashuv joyini o‘zgartirish mumkin emas

Foto: «Rambler»

Bugun, 21-yanvar kuni Shveysariyaning Davos shahrida Jahon iqtisodiy forumining yubiley — 50-uchrashuvi boshlandi.

Davos forumi Betxovenning «Quvonch madhi» — Yevropa ittifoqi madhiyasi bilan ochildi.

Ursula fon der Lyayen. Foto: «Euronews»

Ochilish marosimida so‘zga chiqqan Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen bugun yangi kapitalizm aksiyadorlarning daromad olishiga xizmat qilishi emas, balki befarq bo‘lmagan insonlarga tayanishi, oddiy ishchilar turmushi va jamiyatni farovonlashtirishi zarurligi to‘g‘risida gapirdi.

«Davos — boshqa vaziyatlarda bir stol atrofiga o‘tirmaydigan liderlar uchrashadigan joy. Davos — nizolar hal etiladigan, yangi biznes g‘oyalar tug‘iladigan, barcha bahs-munozaralar yechimini topadigan joy».

Ursula fon der Lyayen

Forum qatnashchilaridan biri, «Explain the markets» kompaniyasi boshqaruvchi direktori Gay Shoun amaldagi forum kun tartibiga quyidagicha baho berdi: «Tabiatni asrovchilarning qarashlari Jahon iqtisodiy forumida muhokama qilinadigan mavzularga hozircha ters. Garchi Greta Tunbergga so‘z berilsa-da, garchi ekologlar va neftchilar murosaga kelishi ehtimoli yuqori bo‘lsa-da, baribir asosiy mavzu neft qazib olish sohasiga sarmoyalar kiritishga bag‘ishlanadi».

Eko-faollar ham Davosni sog‘inishgan. Foto: «Euronews»

Tashkilotchilar 50 dan ziyod davlat arboblari Davos-2020 ga kelishi haqida ma’lum qilishgan. Xususan, AQSh prezidenti va Germaniya kansleri. 

Donald Tramp Davosga yetib keldi. Foto: «Euronews»

JIF tashkilotchisi Klaus Shvab ta’kidlashicha, bu galgi forum bosh mavzusi iqtisodiy taraqqiyot sur’atlari tezlashayotgan davrda tabiatni asrovchi texnologiyalardan foydalanishga bag‘ishlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring