Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bunaqasi tarixda bo‘lmagan: Trampga ikkinchi bor impichment e’lon qilindi

Bunaqasi tarixda bo‘lmagan: Trampga ikkinchi bor impichment e’lon qilindi

2021-yil 13-yanvarda AQSh Kongressi Vakillar palatasi amaldagi prezident Donald Trampga impichment e’lon qilish uchun ovoz berdi. Bunga 6 yanvar kuni Kapitoliyga uyushtirilgan hujumga bevosita Trampning aloqador ekani va xavfsizlik masalasi sabab qilib ko‘rsatilgan. 

Vakillar palatasida 232 kishi impichmentni qo‘llab, 197 nafari qarshi ovoz bergan, e’tiborga molik jihati, yoqlab ovoz berganlar orasida 10 respublikachi bor — 1998-yilda Bill Klintonning impichmenti uchun ovoz bergan demokratlar soni bundan ikki baravar kam edi. 

Shu tariqa Tramp AQSh tarixida bir muddatning o‘zida ikki marta impichment qilingan ilk prezident bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, 6-yanvar kuni Tramp tarafdorlari Kapitoliy binosiga bostirib kirishdi va saylov natijalariga kuch bilan ta’sir etishga urinishdi. Ammo bu urinish besamar ketdi. 

Shundan so‘ng, bu harakat ortida shaxsan Tramp turgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi, prezidentning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari bloklab tashlandi.

Agarda 19-yanvar kuni Kongress Senati ham impichmentga ovoz bersa, Donald Tramp qaytib prezidentlikka nomzodini qo‘ya olmaydi.   

Ta’kidlash joiz, Tramp hukumatdagi so‘nggi kunlarini o‘tkazmoqda, 20-yanvar kuni yangi saylangan prezident Jo Bayden qasamyod qabul qiladi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring