Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp prezidentlikka nomzodlik uchun yetarlicha ovoz to‘pladi

Tramp prezidentlikka nomzodlik uchun yetarlicha ovoz to‘pladi

Foto: Shutterstock / Jonah Elkowitz

Sobiq prezident Donald Tramp kuzgi saylovda nomzodini ilgari surish uchun delegatlarning yetarlicha ovozini to‘pladi, deb xabar berdi CNN telekanali.

Tramp Vashington, Jorjiya va Missisipi shtatlaridagi birlamchi saylovlarda 1 219 nafar delegatning qo‘llovi ostida g‘alaba qozonmoqda. Respublikachilar partiyasi qoidalariga ko‘ra, nomzod 1 215 ta ovoz to‘plashi shart.

Oldinroq yetarlicha ovozni demokrat Jo Bayden ham to‘plagandi. Eslatib o‘tamiz, AQShda prezidentlik saylovi 2024-yilning 5-noyabrida bo‘lib o‘tadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring