Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Birinchi marta: koronavirusni yuqtirganlar sonidan tuzalganlar soni oshib ketdi

Birinchi marta: koronavirusni yuqtirganlar sonidan tuzalganlar soni oshib ketdi

Foto: «REUTERS»

Xitoyda ilk bor bir kecha-kunduzda koronavirusni yuqtirganlar sonidan tuzalganlar soni oshib ketdi. Bu haqda keng ommaga taqdim etilgan statistik ma’lumotlar guvohlik bermoqda, deb yozadi «RIA Novosti».

Umuman olganda, mamlakat bo‘yicha bir kecha-kunduzda jami 1749 ta kasallikni yuqtirish holati qayd etilgan bo‘lsa, 1824 nafar odam sog‘ayib shifoxonadan chiqqan.

Boz ustiga, mana 15 kundan beri Xubey provinsiyasidan tashqari Xitoyning barcha hududlarida yangi qayd etilgan holatlarning kamayishida ijobiy dinamika saqlanib qolmoqda: agar 3 fevral kuni 890 ta holat qayd etilgan bo‘lsa, 18 fevralda – atigi 56 ta.

Xubey provinsiyasining o‘zida kasallikni yuqtirish epitsentri bo‘lgan Uxan shahridagina murakkab vaziyat saqlanib qolmoqda: 18 fevral kuni Uxanda 1660 ta kasallikni yuqtirish holati aniqlangan. Qolgan barcha aholi punktlarida esa — 33 ta.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring