Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Baydenning omadsizliklari alifbosi» tuzildi

«Baydenning omadsizliklari alifbosi» tuzildi

Foto: X/Spiked/RT

Amerikalik kongressmen Brayn Mast AQSh prezidenti Jo Baydenning omadsizliklari ro‘yxatini ijtimoiy tarmoqda e’lon qildi. Ro‘yxat A dan G harfigacha tuzilgan.

«A» harfi bilan kongressmen AQSh harbiylarining Afg‘onistondan olib chiqib ketilishini belgiladi. Uning eslatishicha, o‘shanda «13 nafar amerikalik harbiy halok bo‘lgan, minglab afg‘onistonlik ittifoqchilar taqdir hukmiga tashlab ketilgan».

«B» harfi — chegara inqirozi (border crisis). Mast noqonuniy muhojir qurboniga aylangan amerikalik ayol Leyken Raylini eslatdi. Kongressvumen Marjori Teylor-Gringa ko‘ra, o‘sha muhojir Oq uyning migratsiya siyosati sharofati bilan AQShga kelgan edi.

«C» harfi jinoyatchilik (crime)ni anglatadi, ro‘yxatda navbatdagi bandlar — amerikaliklarning qarzdorligi (D — debt), energetika inqirozi (E — energy crisis) va xalqaro munosabatlar (F — foreign affairs). Kongressmen Bayden siyosati AQSh nufuzining keskin pasayishiga olib keldi, degan fikrda.

Va nihoyat, Mast «G» harfi «Go» so‘zini ifodaladi —«Jo ketishi shart!» (Joe must go!).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring