Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Global Janub kimniki?

Global Janub kimniki?

Foto: InoSMI

«Global Janub» iborasi, «oltin milliard»dan tashqaridagi 100 dan ortiq mamlakatlar guruhining munosabatlaridagi murakkabliklarni to‘liq aks ettira olmagani uchun, bema’nidek tuyuladi. Ammo bu ibora «lager»ning u tomonida — Jo Bayden, Emmanuel Makron, bu tomonida — Vladimir Putin va Si Szinpinning tilidan tushmayapti.

Xo‘sh, Global Janubning eng zo‘ri kim yoki u kimning qo‘lida? Shu savolga qiziqqan The Economist jurnali kutilmagan javob oldi.

O‘tkazilgan tadqiqotda qator omillar hisobga olindi. Bu diplomatik ishtirok ko‘lami, qurol-yarog‘lar savdosi hajmi, savdo hajmi, shuningdek, kichik mamlakatlarning katta mamlakatlardan qarzdorligi va boshqalar. Bularning barchasi bir mamlakatni ikkinchisi bilan mahkam bog‘lab turuvchi rishtalar.

Ana shunday bog‘lamlar soni bo‘yicha AQSh tengsiz. AQSh — Global Janub yetakchisi.

Biroq amerikaliklarni Xitoy poyma-poy ta’qib qilmoqda.

Uchinchi o‘rinda — Fransiya.

Janub uchun kurashda Hindiston Rossiyani quvib o‘tdi.

Istalgan holatda ham 2030-yillarda «Global Janub» uchun kurash AQSh va Xitoy o‘rtasida kechadi. Fransiya, Hindiston, Rossiya va boshqalar — tomoshabin rolida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring