Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Taniqli rejissyor Bayden saylov kampaniyasiga qo‘shildi

Taniqli rejissyor Bayden saylov kampaniyasiga qo‘shildi

Foto: RIA Novosti

Ikkinchi muddat ham lavozimida qolish uchun kurashayotgan AQShning amaldagi prezidenti Jo Baydenning saylov kampaniyasiga Gollivudning taniqli rejissyori Stiven Spilberg jalb etildi.

Aytishlaricha, Spilberg Baydenning saylov kampaniyasi strategiyasini ishlab chiqadi.

Stiven Spilberg (1946-yil 18-dekabrda tug‘ilgan) suratga olgan deyarli har bir kinoasar durdonaga aylangan — «Shindlerning ro‘yxati», «Oddiy askar Rayanni qutqarish», «Indiana Jons», «Yura davri bog‘i», «Eplasang, tutib ol» va boshqa ko‘plab filmlar. Nufuzli «Oskar» mukofotini uch marta qo‘lga kiritgan — ikki marta rejissyor sifatida, bir marta eng yaxshi film uchun. Boshqa yo‘nalishlarda sazovor bo‘lgan mukofotlarining son-sanog‘i yo‘q.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring