Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«America’s Got Talent» hakami Malibuda yiqilib shifoxonaga tushdi

«America’s Got Talent» hakami Malibuda yiqilib shifoxonaga tushdi

Foto: «The Hollywood Reporter»

«America’s Got Talent» shousining hakami va prodyuseri Saymon Kouell elektr velosipeddan yiqilish natijasida umurtqasi sinib shifoxonaga yotqizildi, deya xabar berdi «The Hollywood Reporter».

«Saymon shanba kuni Malibudagi uyining hovlisida yangi elektr velosipedini haydab ko‘raman deb yiqilib tushdi», — deya nashrga ma’lum qilgan Kouellning vakili.

Uning so‘zlariga ko‘ra, taniqli teleboshlovchi shifoxonaga yotqizilgan, hozir shifokorlar nazorati ostida, yaqin kunlarda uni operatsiya qilishadi.

60 yoshli Kouell «America’s Got Talent», «American Idol», «The X Factor» va ularning Britaniyadagi analoglari — «Britain’s Got Talent», «Pop Idol», «The X Factor UK» shoulariga prodyuserlik qiladi. Shuningdek, u turli vaqtlarda ushbu teledasturlarda hakamlik ham qilgan. U ishtirokchilarga nisbatan keskin tanqidlari bilan tanilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring