Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident tomonidan sovg‘a qilingan Malibu 19 ming dollarga sotildi

Prezident tomonidan sovg‘a qilingan Malibu 19 ming dollarga sotildi

Skrinshot.

Toshkentda «Rio-2016» olimpiadasi g‘olibiga tegishli, O‘zbekiston prezidenti sovg‘a qilgan Malibu sotilayotgani aks etgan video tarqaldi.

Videodagi noma’lum shaxsning aytishicha, bunday pozitsiyadagi Malibu’lar O‘zbekistonda 33 dona ishlab chiqarilgan.

«Prezident bu mashinani 2016-yilda Rio de-Janeyroda o‘tkazilgan paralimpiya o‘yinlari sovrindoriga sovg‘a qilgan. Avtomobil 57 ming kilometr yurgan. Malibu qora rangda. Unga qo‘shimcha jihozlar ham o‘rnatilgan. Narxi 19 ming dollar», — degan mashinani sharhlagan kishi.

«Daryo» nashri muxbiri videotasvirda aytilgan telefon raqam bilan bog‘lanib ko‘rgan. Qo‘ng‘iroqqa javob bergan shaxsning aytishicha, Malibu unga tegishli emas.

«Men sotuvchiman. Malibu 19 ming dollarga sotildi», — dedi u.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring