Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jomboyda «Malibu» odam urib yubordi. IIB holatga munosabat bildirdi

Jomboyda «Malibu» odam urib yubordi. IIB holatga munosabat bildirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda «Samarqand viloyatining Jomboy tumani Qang‘li mahallasida Malibu mashinasi yo‘l chetida turgan fuqaroni qasddan kelib urgan» nomli videolavha tarqaldi.

Holat yuzasidan Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2022 yil 28 mart kuni Jomboy tumani, «Qang‘li» mahallasi hududidan o‘tuvchi ichki avtomobil yo‘lida fuqaro N.B. o‘zining boshqaruvida bo‘lgan «Malibu» rusumli avtomashina bilan uning harakat yo‘nalishida turgan M.B.ni urib yuborgan.

Holat yuzasidan Jomboy tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 105-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring