Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

9 yoshli bolakay 2 yoshli singlisini yong‘indan qutqarib qoldi

9 yoshli bolakay 2 yoshli singlisini yong‘indan qutqarib qoldi

Germaniyadagi Bild nashrining asosiy sahifasi 9 yoshli bolakayga ataldi. Kenan Buyukxon yonayotgan avtomobildan 2 yoshli singlisini olib chiqqan.

Bolalarning onasi Tugba Buyukxon Nyurnberg shahridagi bolalar bog‘chasidan uzoq bo‘lmagan joyga mashinasini qo‘ygan va o‘zi bog‘chaga kirib ketgan. Mashina ichida qolgan Kenan yong‘in xidini sezgani hamono singlisini qutqarishga kirishgan. Bolakay shu vaqtga qadar bolalar o‘rindig‘i kamarini biror marta yechib ko‘rmagan edi. U ixtiyorida bo‘lgan sanoqli soniyalar ichida bu ishning uddasidan chiqqan va singlisini yonayotgan mashinadan olib chiqqan.

Tugba Buyukxon bog‘chadan chiqqach, yonayotgan mashinani ko‘radi va shok holatiga tushib qoladi. Bolalari tashqarida, sog‘-omon ekanini ko‘rgach, baxtdan yig‘lab yuboradi.

Turkiyaning Nyurnbergdagi bosh konsulxonasi Buyukxonlar oilasini o‘z qarorgohiga taklif qildi. Turkiya konsuli Yavuz Kul 9 yoshli qahramonni alohida tabriklagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring