Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kanalga tushib ketgan ona va bolani qutqargan yigit taqdirlandi

Kanalga tushib ketgan ona va bolani qutqargan yigit taqdirlandi

Sirdaryo viloyati Yangiyer shahrida 21 yoshli sportchi yigit kanalda oqib ketayotgan ona va bolani qutqarib qoldi. Bu haqda shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, Abdulqosimzoda Saidislombek kanal atrofida sport mashg‘ulotlarini olib borayotgan bo‘lgan. Bu vaqtda esa u yaqindagi kanalga avval kuchukcha, undan keyin bola, ularni qutqarish niyatida esa ona ham suvga tushib ketganini ko‘rib qoladi.

«Kanal atrofiga yugurgani chiqaman, imtihonga tayorlanaman. Qarasam, bir ayolning kuchugi kanalga tushib ketgan ekan. Orqasidan ayolning farzandi tushib ketibdi. Onasi ularni qutqaraman deb, o‘zi ham kanalga tushib ketgan. Shu zahoti suvga tushib, birinchi farzandini qutqarib qoldik. Keyin, onasini chiqardik. Onasini chiqarish ozgina qiyinroq bo‘ldi. Lekin, chiqarib oldik», – deydi Saidislombek.

Hozirda ona va bolaning ahvoli yaxshi.

«Cho‘kayotganlarini ko‘rgan zahotim hayolimda, faqat, tezroq ko‘maklashish bo‘ldi. Sababchi bo‘lib qoldim, nima ham derdim. Ota-onamiz shunday tarbiya bergan. Qiynalganlarga yordam qo‘lini cho‘z deyishgan», – deydi kun qahramoni.

Shahar hokimligi yigitning jasoratini yerda qoldirmay kelajakdagi ishlariga zafarlar tilab esdalik sovg‘alari bilan mukofotladi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring