Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangilangan Google Chrome: tezroq ishlab, yaxshiroq himoyalaydi

Yangilangan Google Chrome: tezroq ishlab, yaxshiroq himoyalaydi

Foto: «Google»

«Ferra.ru» yozishicha, yangilangan Google Chrome (90-talqinidan boshlab) foydalanuvchilarning ma’lumotlarini, yangi funksiya hisobiga, yaxshiroq himoyalashga o‘tmoqda.

Bu yerda gap Chrome manzil qatorida sukut bo‘yicha yoziladigan https:// prefiksi haqida ketmoqda.

Endi nafaqat xavfsizlik darajasi, shuningdek, HTTPS protokolini qo‘llovchi saytlarning yuklanish tezligi ham oshadi.

Eslatish o‘rinliki, brauzerlardan foydalanuvchilar saytlarga URL (sayt manzili)ni qo‘lda yozish orqali kirishda http:// yoki https:// prefikslarini kamdan-kam ishlatishardi. Eski «xrom»larda bu holatda saytga kirishda dasturning o‘zi avtomatik tarzda http:// ni qo‘shib qo‘yardi. Internet saytlarining aksariyati HTTPS protokolini qo‘llamasligi nuqtai nazaridan qaralsa, bu eng to‘g‘ri yo‘l edi.

Endi esa brauzer foydalanuvchilarni trafikni shifrlash vositasida himoyalashning yanada xavfsiz porotokli — https:// ni sukut bo‘yicha kiritishni boshlaydi.

Shu bilan birga, agarda sayt HTTPS ni qo‘llamasa, brauzer prefiksni ishlaydiganiga avtomatik tarzda almashtiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring