Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Google» kompaniyasi «Windows 7» uchun «xrom»ni yangilashdan to‘xtamaydi

«Google» kompaniyasi «Windows 7» uchun «xrom»ni yangilashdan to‘xtamaydi

Foto: «iXBT.com»

«Google» kompaniyasi «Windows 7» operativ tizimi uchun o‘z «Chrome» internet-brauzerini 2021-yilning 15-iyuligacha qo‘llashni davom ettiradi.

«Microsoft» kompaniyasi «Windows 7»ni 2020-yilning 14-yanvaridan qo‘llashni to‘xtatishi haqida xabar bergandik.

«Google» kompaniyasi yangi operativ tizimga o‘tish murakkab jarayonligini ta’kidlab, shuning uchun ham ko‘plab foydalanuvchilar, xususan, korporativ mijozlar, «Windows 7»dan foydalanishda davom etishini bildirgan. Bundan kelib chiqib, «Google» ham «Windows 7»ga moslangan internet-brauzerini kamida 18 oy qo‘llab-quvvatlashda davom etishini ma’lum qildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring