Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uchta farq: Google kompaniyasi Chrome yorlig‘ini o‘zgartirmoqda

Uchta farq: Google kompaniyasi Chrome yorlig‘ini o‘zgartirmoqda

Foto: «Root Nation»

Google Chrome brauzerining yangi dastlabki relizida (Canary yangilanishlar kanali) ilovalar yorlig‘i o‘zgardi. Yorliq so‘nggi marotaba 2014-yilda yangilangandi.

Dunyodagi eng ommalashgan brauzerdagi o‘zgarishlarni Google dizaynchisi Elvin Xu sharhladi.

Yuzaki ko‘z yugurtirganda yangi farqlarni ajratib olish qiyin. Biroq ular kamida uchta: birinchidan, yashil, qizil va sariq elementlar chegaralaridagi yorliqqa «salobat» berib turgan soyalardan voz kechildi. Endi yorliq tep-tekis.

Ikkinchidan, yorliq markazidagi ko‘k doira kattalashtirildi: bu elementlarga mutanosiblik bag‘ishlab, yorliqda muvozanatni yaxshiladi.

Uchinchidan, ranglar yanada yorqinlashdi. Dizaynchi bu bilan Google brendi yanada zamonaviy ifodalanganiga urg‘u berdi.

Yana bir, ranglarning raqamli hisob-kitoblarisiz oddiy ko‘zda sezib bo‘lmaydigan jihat bor. Dizaynchilar yorqin qizil va yashil yonma-yon turganda «yoqimsiz rang tebranishlari» effektini hosil qilishini kuzatishdi. Bunga barham berish uchun qizil va yashil rangning turli qismlari ozroq tahrir qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring