Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda qiymati 1,4 mlrd dollar bo‘lgan yuqori texnologiyali majmua qurilishi boshlandi

Toshkentda qiymati 1,4 mlrd dollar bo‘lgan yuqori texnologiyali majmua qurilishi boshlandi

Foto: «Sputnik»

Janubiy Koreyaning «POSCO Daewoo» korporatsiyasi Toshkentda, umumiy qiymati 1,4 mlrd dollar bo‘lgan «High Tech City» — yuqori texnologiyali majmua qurilishini boshladi, deb xabar qilmoqda «Sputnik».

Ushbu shartnoma Toshkent shahar hokimiyati hamda Davlat investitsiyalar qo‘mitasi tomonidan imzolangan.

Yangi majmua 50 gektar maydonda joylashgan bo‘lib, bu yerda biznes-markazlari, turar joylar, ta’lim, tijorat va sanoat muassasalari, ilmiy-tekshirish markazlari va boshqa ob’yektlar joylashgan bo‘ladi. Ularning barchasi «aqllli» texnologiyalar, energiya tejovchi va binolarni avtomatlashtiruvchi tizimlarni qo‘llash yordamida amalga oshiriladi.

«High Tech City» yuqori texnologiyali majmuasi qurilishini boshlash uchun ikkala tomondan ishchi guruhlar tashkil etilgan. Guruh loyihani amalga oshirish uchun joy tanlash masalasini o‘rganadi va uning barcha bosqichlarini nazorat qilib boradi. «High Tech City» joylashtirish uchun to‘rtta hudud o‘rganilmoqda.

Koreyalik mutaxassislar Toshkentda shahar qurilish ishlarini tahlil qilib, allaqachon amalga oshirilayotgan — «Tashkent City» va «aqlli» shahar Nurafshon loyihalari bilan tanishib chiqishdi.

«POSCO Daewoo» — xalqaro gigant korporatsiyasi bo‘lgan POSCOning sho‘’ba korxonasi bo‘lib, u xalqaro savdo va sarmoyalar bilan shug‘ullanadi. Kompaniya nafaqat Koreya balkim butun dunyo miqyosida katta qurilish tajribasiga ega. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring