Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

TATU talabalari Madridga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi!

TATU talabalari Madridga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi!

Foto: TATU matbuot xizmati

Bugun, 7-dekabr kuni Toshkentdagi Inha universitetida «Open Data Challenge-2018» (Xakaton) tanlovining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti matbuot xizmatining xabar berishicha, Xakatonda universitetning «Axborot xavfsizligi»  fakulteti talabalari Turg‘unov Rustam, Galiullin Timur, Valiyev Sherzod, Fayziyev Muxammadjon «Signum» loyihasi bilan 1-o‘rinni qo‘lga kiritishdi va tanlov Gran-prisi — Madridga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi!

Shuningdek, «Eng yaxshi biznes loyiha» yo‘nalishida TATUning «Dasturiy injeniring»  fakulteti talabalari Sobirov Jamshid, Abduyaminov Azamat, Olimov Aziz, Karimov Oqil, Mashhurov Azamat «BizPlace» loyihasi bilan 2-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

Foto: TATU matbuot xizmati

Eslatib o‘tamiz, «Open Data Challenge» tanlovida ishtirokchilar ochiq ma’lumotlardan foydalanib, aniq belgilab berilgan muddat ichida abstrakt g‘oyalarni yangi veb yoki mobil xizmatlarning tajriba namunalariga yoki alfa-ko‘rinishlariga keltirishadi.

Uch kun davomida «Open Data Challenge-2018» ishtirokchilari jamiyatning barcha jabhalari – moliya, transport, ta’lim, axborot texnologiyalari, sog‘liqni saqlash, ekologiya va boshqa yo‘nalishlarda foydali bo‘lgan yangi loyihalarni taqdim etdilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring