Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda «Open Data Challenge» xakatoni bo‘lib o‘tadi

Toshkentda «Open Data Challenge» xakatoni bo‘lib o‘tadi

27–29-yanvar kunlari Toshkent shahrida «Open Data Challenge» xakatoni bo‘lib o‘tadi.

«Open Data Challenge» – bu ochiq ma’lumotlardan foydalangan holda texnologik yechimlarni ishlab chiqish bo‘yicha har yillik tanlov. Xakaton fuqarolarning ochiq ma’lumotlardan foydalanishga bo‘lgan qiziqishini rivojlantirish va oshirishga qaratilgan.

Ushbu tanlovning maqsadlari – fan bo‘yicha professional hamjamiyatni rivojlantirish; davlat va munitsipal hokimiyat organlari vakillarining, shuningdek, xakaton ishtirokchilarining tegishli vakolatlarini rivojlantirish; davlat va munitsipal ochiq ma’lumotlarning ijtimoiy va iqtisodiy salohiyatini amalga oshirish.

Tanlov ishtirokchilaridan quyidagilar talab qilinadi:

  • barcha tadbirlarda to‘liq ishtirok etish;
  • raqamli yechim yaratish;
  • ham individual, ham jamoaviy arizalar qabul qilinadi. Uch kishidan iborat bo‘lgan jamoalar ishtirok etishlari mumkin, ushbu jamoalarning ishtirokchilaridan biri qatnashish uchun jamoaviy ariza topshirishi kerak. Individual arizachilar xakatonning birinchi kunida jamoaga qo‘shilishlari mumkin.

Ariza topshirish va batafsil ma’lumot olish:

https://datahack.uz/uz.html

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring