Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shuhrat Sodiqov Yaponiya ichki ishlar va kommunikatsiyalar vaziri bilan uchrashdi

Shuhrat Sodiqov Yaponiya ichki ishlar va kommunikatsiyalar vaziri bilan uchrashdi

Foto: AKT vazirligi axborot xizmati

2019-yilning 2-oktyabr kuni Yaponiya poytaxti Tokio shahrida O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov Yaponiya ichki ishlar va kommunikatsiyalar vaziri Minoru Terada bilan uchrashdi. Bu haqda AKT vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Uchrashuvda Yaponiyaning yirik kompaniyalari bilan yangi investitsiya loyihalarini muhokama qilinib, hamkorlik ishlarini yanada kengaytirish haqida muzokara olib borilgan.

AKT vaziri Shuhrat Sodiqov Yaponiya bilan strategik sheriklik munosabatlari ruhida har tomonlama o‘zaro manfaatli va samarali hamkorlikni faollashtirishdan O‘zbekiston manfaatdor ekanini ta’kidlagan.

Yaponiya ichki ishlar va kommunikatsiyalar vaziri Minoru Terada O‘zbekistonda axborot texnologiyalari sohasi rivojiga qaratilayotgan katta e’tibor va intilishni alohida e’tirof etdi. Shuningdek, u ikki mamlakatni birlashtirib turuvchi omillarni sanarkan, Yaponiya kompaniyalarida O‘zbekiston bozoriga qiziqish tobora ortib borayotganini qayd etdi.

Tomonlar axborot texnologiyalari sohasida O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ulkan salohiyat mavjudligi hamda bu borada barcha sa’y-harakatlarni safarbar etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Uchrashuvda ikki tomonlama manfaatli istiqbolli yo‘nalishlar, jumladan, AKT masalalarida tajriba almashish, hamkorlikni kengaytirish va boshqa muhim masalalar muhokama qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring