Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shuhrat Sodiqov Navoiyda yoshlar festivaliga tayyorgarlik jarayoni bilan tanishdi

Shuhrat Sodiqov Navoiyda yoshlar festivaliga tayyorgarlik jarayoni bilan tanishdi

Foto: «Xabar.uz»

Mamlakatimizda 30-iyun — «Yoshlar kuni» munosabati bilan iyun oyi an’anaviy tarzda «Yoshlar oyligi» sifatida keng nishonlanib kelinadi. Joriy yilda barcha hududlar — tuman va shahar markazlari hamda chekka qishloqlarda «Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!» shiori ostida Yoshlar oyligini o‘tkazish ko‘zda tutilgan.   

Tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etish uchun har bir hududga mas’ul shaxslar biriktirildi.

Ushbu yoshlar festivali Navoiy viloyatida joriy yilning 16-17-iyun kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ushbu viloyatga biriktirilgan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov bugun, 11-iyun kuni viloyatda amalga oshirilayotgan ishlar, tayyorgarlik jarayoni va shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

— Yoshlar festivalining yuksak saviyada o‘tkazilishi yoshlarimizning orzusini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish, ularni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb qilish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, «Besh muhim tashabbus»ni amalga oshirishga zamin yaratadi, — deya ta’kidladi Shuhrat Sodiqov.

«Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik» tadbirini o‘tkazilishidan maqsad — yoshlarni jismonan sog‘lom, ma’naviy yetuk insonlar etib tarbiyalash, ilmiy va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish, ularning erkinliklari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilish, ijtimoiy va iqtisodiy jarayonlarga jalb qilishdan iboratdir.

Bugun AKT vaziri Shuhrat Sodiqov viloyatning Qiziltepa tumanida yoshlar bilan uchrashib, jonli muloqot o‘tkazishi ham rejalashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring