Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Regulation.gov.uz»ning yangi talqini ishga tushdi

«Regulation.gov.uz»ning yangi talqini ishga tushdi

Foto: «Regulation.gov.uz»

Bugun, 24-iyuldan O‘zbekiston Respublikasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalining yangi talqini ish boshladi.

Bundan avvalgi talqin 23-iyulda joylashtirilgan hujjatlar muhokamasi yakuniga qadar, ya’ni 7-avgustga qadar faoliyat yuritadi, so‘ngra ushbu talqin faqat arxiv sifatida faoliyatini davom ettiradi.

Portalning yangi talqini qanday imkoniyatlarni taqdim etadi?

  • Foydalanuvchilar Yagona identifikatsiyalash tizimi yoki ijtimoiy tarmoqlar orqali avtorizatsiyadan o‘tgan holda Portal imkoniyatlaridan foyadalanishlari mumkin;
  • Foydalanuvchilar uchun alohida kabinet yaratilgan, ushbu kabinetda foydalanuvchiga qo‘shimcha qulayliklar mavjud.
  • Interfeys 3ta tilda yaratilganligi uchun hujjat loyihalarini bir paytning o‘zida uchta tilda joylashtirish hamda uchta tilda taklif qoldirish imkoniyati mavjud;
  • Qonunchilik jarayonidagi zamonaviy tendensiyalarni inobatga olgan holda Portalda Parlament uchun alohida sahifa yaratilgan bu yerda Senat yoki Qonunchilik palatasi tomonidan yaratilayotgan qonun loyihalari joylashtiriladi;
  • Foydalanuvchilar o‘z xohishlariga ko‘ra hujjatlarga o‘z takliflarini anonim tarzda qoldirishlari mumkin;
  • Amaldagi qonunlar yuzasidan foydalanuvchilar o‘z taklif va fikr mulohazalarini maxsus Forumda izhor etishlari hamda o‘zaro fikr almashishlari mumkin;
  • Davlat tashkilotlari uchun ham hujjatlarni joylashtirish va ular bilan ishlash tartibi soddalashtirilgan.

Yaqin kelajakda huquqiy va tashkiliy masalalar hal etilgach ushbu Portal negizidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihlarining umumxalq muhokamasi va idoraviy kelishuv jarayonlarini bir paytning o‘zida o‘tkazish tartibini hamda «daromad va sarf-harajatlar tahlili» (cost benefit analysis) institutini joriy etish rejalashtirilgan.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring