Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda yangi portal ishga tushadi – Prezident qarori loyihasi

O‘zbekistonda yangi portal ishga tushadi – Prezident qarori loyihasi

«Milliy reyestr»ga kiritilgan noyob yozma va toshbosma manbalar milliy boylik sifatida O‘zbekiston Respublikasining madaniy meros ob’yektlari deb e’tirof etiladi va qonunchilikda belgilangan tartibda davlat tomonidan muhofaza qilinadi. Bu Prezidentning tegishli qarori loyihasida keltirilmoqda.

Qayd etilishicha, 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida «Qadimiy yozma manbalar konservatsiyasi va restavratsiyasi» bakalavriat ta’lim yo‘nalishida kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek, «El-yurt umidi» jamg‘armasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan hamkorlikda 2022-yildan boshlab qo‘lyozmalarni saqlash va tadqiq etish bilan shug‘ullanuvchi ilmiy xodim va restavratorlarning har yili xorijda amaliyot o‘tashi va stajirovkasini tashkil etishi ko‘zda tutilmoqda.

Hujjat bilan, internet tarmog‘ida buyuk alloma va mutafakkirlar haqida ma’lumot beruvchi allomalar.uz ilmiy-axborot portali va uning mobil ilovasini ishga tushirish va uning muntazam ravishda zarur ma’lumotlar bilan  boyitib borish belgilanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring