Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pokistonning Kosmos va atmosferaning yuqori qatlamini o‘rganish komissiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Pokistonning Kosmos va atmosferaning yuqori qatlamini o‘rganish komissiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Foto: «Uzspace.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi hamda Pokistonning Kosmos va atmosferaning yuqori qatlamini o‘rganish komissiyasi (SUPARCO) o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvni tashkil etishdan asosiy maqsad tomonlarning o‘zaro tanishuvi va kosmik faoliyat sohasidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama etish bo‘ldi.

Uchrashuv davomida tomonlar o‘z faoliyatlari bo‘yicha taqdimotlar qildilar, shuningdek, o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan almashdilar.

Muloqot yakunida tomonlar kelgusida hamkorlikda pilot loyihalarni amalga oshirish hamda kosmik faoliyat sohasini yanada rivojlantirish maqsadida mutaxassislar almashinuvini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha harakatlar rejasini tuzishga kelishdilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring