Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zkomnazorat» mobil telefon foydalanuvchilarini ogohlantirdi

«O‘zkomnazorat» mobil telefon foydalanuvchilarini ogohlantirdi

Foto: «Xabar.uz»

«O‘zkomnazorat» o‘zbekistonliklarni mobil qurilmalar uchun mo‘ljallangan bepul quvvatlantirish stansiyalaridan foydalanish xavfidan ogohlantirdi.

«Sayohat qilishni rejalashtiryapsizmi? Shubhasiz, sizda mobil telefon yoki boshqa ko‘chma qurilma bor va bir nuqtada uni qayta zaryadlashingiz kerak bo‘ladi. Batareyangiz o‘chib qolgan bo‘lsa, shuni yodda tutingki, elektron qurilmangizni aeroport va mehmonxonalar qabulxonasidagi kabi bepul USB-port bilan zaryadlash stansiyalarida qayta zaryadlash teskari natija berishi mumkin», — deyiladi xabarda.

Kiberxavfsizlik bo‘yicha ekspertlar ogohlantirishicha, tajovuzkorlar zaryad olayotgan paytda elektron qurilmalarga zararli dasturlarni ommaviy USB zaryadlash stansiyalariga yuklashlari mumkin. Buzilgan USB-port orqali o‘rnatilgan zararli dastur qurilmani qulflashi yoki shaxsiy ma’lumot va parollarni bevosita tajovuzkorga eksport qilishi mumkin. Jinoyatchilar keyinchalik bu ma’lumotlardan onlayn hisoblarga kirish uchun foydalanishlari yoki uni boshqa hujumchilarga sotishlari mumkin.

Ba’zi hollarda jinoyatchilar zaryad stansiyalariga ulangan kabellarni ataylab tashlab ketishgan. Hatto infeksiyalangan kabellar reklama sovg‘a sifatida berilgani haqida xabarlar bor.

  • Bu kabi holatlarda qurbon bo‘lmaslikka yordam beradigan ba’zi maslahatlar:
  • ommaviy USB zaryadlash stansiyasidan foydalanmaslik. Buning o‘rniga o‘zgaruvchan tok rozetkasini ishlatish;
  • sayohatda avtomobil zaryadlovchi qurilmalari va USB kabellarni olib yurish;
  • portativ zaryadlovchi yoki tashqi batareyani olib yurish;
  • ishonchli yetkazib beruvchidan quvvat olayotganda ma’lumotlarni jo‘natish yoki qabul qilishdan saqlaydigan faqat zaryadlovchi kabeldan foydalanish;
  • agar qurilma USB-portiga ulanganida «Ma’lumotlarni almashish» yoki «Faqat zaryadlash»ni tanlash taklif qilinsa, har doim «Faqat zaryadlash»ni tanlash.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring