Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonliklar o‘tgan yili 3,4 mln dona telefon import qilgan

O‘zbekistonliklar o‘tgan yili 3,4 mln dona telefon import qilgan

O‘zbekistonga 2023-yilda xorijdan qiymati 240,1 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 3,4 mln dona mobil telefon import qilingan.

Statistika agentligi ma’lumotiga ko‘ra, mobil telefonlar importi 2022-yil bilan solishtirilganda 476 mingtaga oshgan.

O‘zbekiston 2023-yil mobaynida mobil telefonlarni eng ko‘p import qilgan davlatlar:

  • Xitoy – 3,1 mln dona
  • Vetnam – 276,8 ming  dona
  • Hindiston – 37,2 ming dona
  • BAA – 7,8 ming dona

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonga 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida xorijdan qiymati 199 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 2,9 mln dona mobil telefon import qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring