Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston va Misr: AKT sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

O‘zbekiston va Misr: AKT sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Foto: «Mitc.uz»

Bugun, 29-noyabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatovning Misr Arab Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi Amira Faxmi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida ikki davlatlar o‘rtasida AKT, shu jumladan, elektron hukumat, raqamli iqtisodiyot, IT-ta’lim sohalarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari ko‘rib chiqildi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Shermatov O‘zbekiston va Misr davlatlari o‘rtasida AKT sohasida hamkorlik istiqbollarga ega bo‘lishini ta’kidladi.

O‘z navbatida, Misr Arab Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi A. Faxmi O‘zbekistonda elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarga ijobiy baho berib, kelgusida ikki davlat o‘rtasida AKT sohasida hamkorlikni rivojlantirishga e’tibor qaratishini ma’lum qildi.

Uchrashuv davomida tomonlar axborot texnologiyalari sohasida O‘zbekiston va Misr o‘rtasida hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha ulkan salohiyat mavjudligini hamda bu borada barcha sa’y-harakatlarni safarbar etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring