Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Amerikalik diplomat josus bo‘lib chiqdi

Amerikalik diplomat josus bo‘lib chiqdi

Manuel Rocha.

Foto: Miami Herald

AQShning Boliviyadagi sobiq elchisi Manuel Rocha Kuba manfaatlari uchun josuslik qilgani tufayli 15 yilga qamaldi. Amerika sudi tegishli hukmni chiqardi.

CNN telekanali xabariga ko‘ra, sudya diplomatni chet el hukumati agenti sifatida fitna uyushtirgani uchun besh yil muddatga, shu faoliyatni yuritgani uchun o‘n yil muddatga ozodlikdan mahrum etdi.

Avvalroq Rocha bir necha o‘n yillar Kuba josusi bo‘lganiga iqror bo‘lgandi. Mayamidagi federal sud eshituvlarida u o‘ziga qo‘yilgan har ikki ayblov bo‘yicha aybini bo‘yniga olgan.

Tergov ma’lumotlarida aytilishicha, Rocha Kuba maxsus xizmatlari tomonidan 1973-yilda yollangan. Uning ikki xil hayot tarzini niqoblash uchun maxsus afsona o‘ylab topilgan.

Ma’lumot uchun: Manuel Rocha (1950-yilda Kolumbiya mamlakatida tug‘ilgan) AQSh Davlat departamentida 1981 yildan 2002 yilgacha faoliyat yuritgan, jumladan, 1994-1995-yillarda Oq uy Milliy xavfsizlik kengashi a’zosi bo‘lgan. 1997–2000-yillarda Argentinadagi, 2000–2002-yillarda Boliviyadagi AQSh elchisi sifatida faoliyat yuritgan. Qolaversa, faoliyati davomida Italiya, Gonduras, Meksika va Dominikan Respublikasida ishlagan. Pensiyaga chiqqanidan so‘ng tadbirkorlik bilan shug‘ullangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring