Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Erkinjon Turdimov Toshkentdagi IT Parkka tashrif buyurdi

Erkinjon Turdimov Toshkentdagi IT Parkka tashrif buyurdi

Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov delegatsiyasi bilan Toshkent shahridagi IT Parkka tashrif buyurdi. Viloyat hokimini IT Park direktori Farhod Ibragimov hamda uning startap ekotizimlarini rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari Abdulahad Qo‘chqarov kutib oldi.

Delegatsiya IT Park faoliyati va tashkilot zimmasidagi istiqbollar bilan tanishdi.

Uchrashuv doirasida IT Park rezidenti «Revochain Technology» MChJ direktori Nodir Turdimatov yaqinda ochilgan IT Park shourumida o‘zining «Monterra Agro» va «Monterra Mining» loyihalarini namoyish qildi.

Shuningdek, Samarqand delegatsiyasi uchun bo‘lajak IT shahar qurilayotgan hududga ekskursiya uyushtirildi. Mehmonlar, shuningdek, qurilish tugagandan so‘ng u yerda qanday faoliyat olib borilishi haqida gapirib berishdi.

«Bunday tashriflar o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, shuningdek, davlat tashkilotlari, idoralar va IT Park o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlaydi», deyiladi IT Park matbuot xizmati xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring