Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Optimo – biznesingizni oson boshqaring

Optimo – biznesingizni oson boshqaring

Optimo – do‘konlar va restoranlar bilan bog‘liq turli xil biznes sohalari uchun savdoni boshqarish dasturi bo‘lib, biznes yoki do‘konni avtomatlashtirishga yordam beradi. Dastur biznes egasi, menejer va jamoaga ish jarayonini osonroq hamda oqilona boshqarishga ko‘maklashadi. Uning afzalliklari shunchalik ko‘pki, quyida shu haqida gaplashamiz.

1. Barcha tovarlarni hisobga olish va boshqarish

Kichik va o‘rta tadbirkorlik sub’yektlari uchun eng katta qiyinchiliklardan biri bu inventarizatsiya jarayonini hisobga olish, uni boshqarish va nazorat qilishdir. Ortiqcha inson va moliyaviy resursingizni isrof qilmaslik uchun sizga ushbu dasturni o‘rnatishni tavsiya qilamiz. Uning asosiy afzalligi – tovarlarni hisobga olish, boshqarish va nazorat qilishdir. Bir martalik dasturga tovarlarni kiritganingizdan so‘ng, siz istalgan vaqtda nafaqat javonlardagi, balki ombordagi zahira tovarlar haqida ham dolzarb ma’lumotlarni olasiz. Muhimi, xaridni rejalashtirish va to‘g‘ri moliyaviy boshqaruv asosida muammoni hal qilasiz. Zaxirani boshqarishda ham dasturning yordami beqiyos.

2. Daromad nazorati

Optimo bilan istalgan vaqtda daromadni kuzatishingiz mumkin - savdolar, xaridlar, rentabellik, bundan tashqari, korxonangizning eng ko‘p sotiladigan mahsulotini, sotuvlar bo‘yicha kun yoki oyning eng faol yoki passiv vaqtini osongina aniqlashingiz mumkin.

3. Masofaviy boshqaruv

Dastur sizga biznesingizni uzoqda bo‘lsangiz ham boshqarish imkonini beradi. Bundan tashqari, kerakli ma’lumotlar hech qachon yo‘qolmaydi, chunki u xotiraga yuklanadi va kompyuteringiz turli xil fayllar bilan ortiqcha yuklamaga qolmaydi.

4. Bittada bir nechta funksiya

U kassirga to‘lovlarni tezkorlik bilan qayta ishlash, inventarni dasturiy tekshirish, navbatlarni kuzatish, yetkazib beruvchilarning buyurtmalarini tasdiqlash, skaner shtrix-kodni o‘qiy olmasa ham, mahsulotlarni fotosurat yoki hisob-kitoblar bilan skanerlashga yordam beradigan qulay kassa apparati bilan jihozlangan.

5. Tezlik

Bu inventarizatsiya kabi biznes jarayoni uchun juda muhim jihatdir. Qo‘lda inventarizatsiya qilish bir necha kun davom etishi mumkin bo‘lgan bir paytda, siz 2-3 soat ichida tovarlarni to‘liq inventarizatsiya qilish imkoniyatiga egasiz. Bularning barchasi tovarlarni tezkor skanerlash sabablidir.

6. Bir vaqtning o‘zida bir nechta qurilmani ulash imkoniyati

Tizim bir vaqtning o‘zida bir nechta kompyuterlardan ulanish imkonini taqdim etadi, bu ham jarayonni tezlashtirishga yordam beradi. Misol uchun, siz tovarlarni shartli guruhlarga bo‘lishingiz va guruhlarga mas’ul shaxs tayinlab, ishni taqsimlashingiz va jarayonni tezlashtirishingiz mumkin.

7. Ma’lumotlar saqlanishi

Yana bir katta afzalligi shundaki, butun inventarizatsiya tarixi tizimda saqlanadi va siz istalgan vaqtda kim nimani skaner qilganini, qaysi kuni qanday ma’lumotlarni olganingizni ko‘rishingiz mumkin. Bu bir necha oy oldingi ma’lumotlarni ko‘rib chiqish va tekshirish kerak bo‘lganda yordam beradi. Tovarlar tarixini ko‘rish funksiyasi butun tarixni tiklashga va moliyaviy javobgar shaxslarga nisbatan yakuniy qaror qabul qilish yoki tovarlar bilan nima sodir bo‘lganligini kuzatish imkonini beradi.

8. Internetsiz ham mumkin

Dastur orqali inventarizatsiya internet bilan ham, internetsiz ham amalga oshirilishi mumkin. Omborlar ko‘pincha aloqa yaxshi bo‘lmagan joylarda joylashgan bo‘ladi. Bunday hollarda inventarizatsiyani oflayn rejimda o‘tkazish juda qulay.

9. Pullaringiz va mijozlaringizni yo‘qotmasdan

Eskicha inventarizatsiya jarayoni do‘konni yopish va daromadni yo‘qotishga olib keladi. Bu biznesingiz uchun moliyaviy yo‘qotish degani. Bizning dastur bilan esa bunga hojat yo‘q.

10. Hamyonbop narx

Aytgancha, sizni xizmat narxi qiziqtirishi aniq. Optimo‘ning eng katta afzalliklaridan yana biri – uning hamyonbop narxidir. Bizda 2 xil tarif bor. Atigi oylik 280 000 yoki 490 000 so‘m evaziga siz yuqoridagi o‘nlab qulayliklarni, biznes faoliyatingizni osongina boshqarish va nazorat qilish imkonini qo‘lga kiritishingiz mumkin.

Hech ikkilanmang, optimo.uz saytiga tashrif buyuring va biznesingizni oqilona boshqaring.

Telefon: (+998) 71-205-12-22

Instagram: @Optimo_uz

Telegram: @Optimo_uz

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring