Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident qarori bilan qayta tashkil etilgan davlat inspeksiyasiga boshliq tayinlandi

Prezident qarori bilan qayta tashkil etilgan davlat inspeksiyasiga boshliq tayinlandi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-dekabrdagi qarori bilan Ravshan Hamidullayevich Tursunov O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, Prezidentning 2018-yil 21-noyabrdagi qarori bilan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha inspeksiyasi O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi sifatida qayta tashkil etilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring