Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

$100 000 lik grantga ega chiqqan yoshlar nomi ma’lum bo‘ldi

$100 000 lik grantga ega chiqqan yoshlar nomi ma’lum bo‘ldi

President Tech Award xakatoni g‘olibini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Bugun, 25 oktyabr kuni «ICTWEEK UZBEKISTAN 2023» haftaligi doirasida President Tech Award xakatoni g‘olibini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Hakamlar hay’atining baholari va xakaton davomida loyihaning texnik amalga oshirilishi natijalariga ko‘ra, Rammstein Theorem jamoasi g‘olib deb topildi. Jamoa tarkibi: Maftuna Ziyamova, David Alkamyan, Yasmina Ablayeva va Azam Behruz.

G‘olib jamoa xakatonda ishlab chiqilgan loyihani takomillashtirish va amalga oshirishga yordam beradigan $100 000 miqdoridagi grantga ega bo‘ldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring