Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

ICTWEEK Uzbekistan–2022: Birinchi marotaba Meta kompaniyasi ham ishtirok etmoqda

ICTWEEK Uzbekistan–2022: Birinchi marotaba Meta kompaniyasi ham ishtirok etmoqda

Foto: «Xabar.uz»

Bugun, 24-oktyabrdan Samarqand shahrida «ICTWEEK Uzbekistan–2022» axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi boshlandi.

Ayni vaqtda AKT haftaligiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda.

Unda AKT vaziri Sh.Shermatov OAV vakillariga AKT sohasida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi rejalar haqida ma’lumot bermoqda.

Qayd etilishicha, ushbu ko‘rgazmada birinchi marotaba Meta kompaniyasi ham ishtirok etmoqda. Umuman, 4000 kv.m maydonda tashkil etiladigan ko‘rgazmada jami 100 dan ziyod xorijiy va mahalliy kompaniyalar o‘z xizmatlari va mahsulotlarini namoyish etishadi.

Haftalik doirasida 22 ta tadbir o‘tkazilib, 900 nafardan ortiq xorijlik mehmonlar qatnashishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, AKT haftaligi sohani raqamlashtirish va yaqin besh yilda Yangi O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi doirasida O‘zbekiston IT-tarmog‘ini yanada kengaytirish va ustuvor masalalarni muhokama qilish uchun bazaga aylanishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring