Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

TATUda yangi mutaxassislik yo‘nalishi ochilishi mumkin

TATUda yangi mutaxassislik yo‘nalishi ochilishi mumkin

Foto: TATU matbuot xizmati

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida «Kosmik aloqa va tizimlar injiniringi bo‘yicha yangi ta’lim dasturlari — SPACECOM» ERASMUS+ loyihasining birinchi seminar-uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda universitet matbuot xizmati xabar berdi.

Tadbir davomida ishtirokchilar SPACECOM loyihasining maqsadi va kutilayotgan natijalar bilan tanishib chiqishdi. Shuningdek, loyihani amalga oshirishdagi jamoaviy ishlarni olib borish bo‘yicha muzokaralar tashkil qilindi.

Loyihadan kutilayotgan asosiy natijalar esa quyidagilar:

  • kosmik texnika va texnologiyalar sohasida yangi magistratura mutaxassisligini tashkil qilish;
  • kosmik texnika va texnologiyalar sohasida magistratura mutaxassisligi uchun yangi o‘quv dasturlarni ishlab chiqish;
  • kosmik texnika va texnologiyalar sohasida o‘quv-ilmiy tadqiqot laboratoriyasini tashkil etish;
  • TATU va uning filiallaridagi professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish;
  • yangi o‘quv va o‘quv-metodik qo‘llanmalar yaratish.

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, loyiha ishtirokchilari — TATU, Berlin texnika universiteti (Germaniya), Sarbona universiteti (Fransiya), Artesis-Plantijn University of Applied Sciences (Belgiya), Sofiya texnika universiteti (Bolgariya), EXOLAUNCH (Germaniya), Coursento (Germaniya), TATU Qarshi filiali, TATU qoshidagi pedagog kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazi, Farg‘ona politexnika instituti, Toshkent davlat texnika universiteti, O‘zbekiston milliy universiteti, O‘zR FA huzuridagi Astronomiya institutlari hisoblanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring