Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hukumat qarori: DTM boshqaruv xodimlari maoshi oshiriladi

Hukumat qarori: DTM boshqaruv xodimlari maoshi oshiriladi

Foto: «Xabar.uz»

Vazirlar Mahkamasining «Test tizimini takomillashtirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori (№562, 17.09.2020-y) qabul qilindi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Qarorga ko‘ra:

  • Davlat test markazi huzurida «Ilmiy-o‘quv amaliy markazi» davlat muassasasi tashkil etildi.
  • Markazni tashkil etishdan maqsad testologiya va pedagogik o‘lchovlar, chet tilidan malaka oshirish kurslarini tashkil etish hamda sohada yetakchi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, Markaziy Osiyoda testologiya bo‘yicha mintaqaviy ilmiy maktab yaratishdir.
  • 2020 yil 1 noyabrdan boshlab Davlat test markazi boshqaruv xodimlari lavozim maoshlari oshiriladi, ya’ni yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lashning tasdiqlangan razryadlari bo‘yicha tarif koeffitsiyentlari bir yarim baravar miqdorida qo‘llanadi;
  • Bu bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlar Davlat test markazi faoliyatini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanadi;

Shuningdek, Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgarish va qo‘shimchalar kiritildi. Jumladan:

Qurolli Kuchlar safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab, harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomasiga ega abituriyentlar ular uchun belgilangan alohida qabul ko‘rsatkichlari doirasida, tanlagan birinchi oliy ta’lim muassasasining bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etishi belgilandi. Agar alohida yetarli ball to‘play olmasa, unda o‘zi to‘plagan ballari bilan umumiy tartibda tanlovlarda ishtirok etadi.

Davlat test markazi hay’ati a’zolari soni 9 nafardan 11 nafarga ko‘paytirildi hamda yangilangan hay’at tarkibi tasdiqlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring