Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nemis o‘qituvchilari ommaviy ish tashlash uyushtirdilar

Nemis o‘qituvchilari ommaviy ish tashlash uyushtirdilar

Germaniyaning bir qancha shaharlarida o‘qituvchilarning ommaviy ish tashlashi tufayli maktab va bolalar bog‘chalari yopildi. Berlin, Gamburg, Leypsig va Karlsrue shaharlarida o‘qituvchilar namoyishi bo‘lib o‘tadi.

Deutsche Welle bugun, 28 noyabr kuni xabar berganidek, Germaniyada o‘qituvchilarning ommaviy noroziliklari boshlangan. Kasaba uyushmalari o‘qituvchilarning maoshini 10,5 foizga oshirishni talab qilmoqda. GEW ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi ish tashlash va namoyishlarga chaqirdi.

Nemis matbuotiga ko‘ra, Berlindagi ba’zi bolalar bog‘chalari va maktablar norozilik namoyishi tufayli yopilgan. Shu bilan birga, Germaniyada ishlayotgan o‘qituvchilarning salmoqli qismi ish tashlashda qatnashmaydi – ular davlat xizmatchisi maqomiga ega va shuning uchun kasaba uyushmalari noroziliklariga qo‘shilish huquqiga ega emas.

Germaniyaning to‘rt shahrida bo‘lib o‘tadigan aksiya tashkilotchilari 1,1 million o‘qituvchi va ustozlarning maoshini kamida 500 yevroga oshirish, shuningdek, talaba-xodimlar uchun tarif kelishuvini qabul qilishni talab qilmoqda. Kasaba uyushmalari faollarining Germaniya hukumati bilan ish haqini oshirish bo‘yicha muzokara olib borishga bo‘lgan dastlabki ikki urinishi muvaffaqiyatsizlikka uchragan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring