Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shahram G‘iyosov ertaga tongda jang o‘tkazadi

Shahram G‘iyosov ertaga tongda jang o‘tkazadi

Professional boksning yarimo‘rta (-66,6 kg) vazn toifasida harakat qiladigan Shahram G‘iyosov (14-0, 9 KO) o‘zining 15-jangini meksikalik 34 yoshli Pablo Sezar Kanoga (35-8-1, 25 KO) qarshi o‘tkazadi.

Kecha har ikki bokschi tarozidan o‘tdi va belgilangan vazn me’yorini bajardi. Shahram 66,5 kg, Pablo esa 66,2 kg tosh bosdi.

Ushbu jang bizning vaqt bilan ertaga, 25 fevral tongida, soat taxminan 05:30da AQShning Orlando shahrida o‘tkaziladi. Mazkur boks kechasi O‘zbekiston telekanallarida namoyish etilmaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring