Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shahram G‘iyosovning navbatdagi jangi sanasi ma’lum bo‘ldi

Shahram G‘iyosovning navbatdagi jangi sanasi ma’lum bo‘ldi

Professional boksning yarim o‘rta vazn (-66,6 kg) toifasida charm qo‘lqop ustasi Shahram G‘iyosov (14-0, 9 KO)ning navbatdagi jangi tafsilotlari ma’lum bo‘ldi.

O‘zbekistonlik bokschi faoliyatidagi o‘n beshinchi jangini 2024 yil 13 yanvar kuni AQShda o‘tkazadi. Shahram G‘iyosovga ushbu jangda meksikalik bokschi Pablo Sezar Kano (35-8-1, 25 KO) raqiblik qiladi.

Ma’lumot uchun, Shahram G‘iyosov profboksda hozirgacha 14 ta jang o‘tkazgan va ularning barchasida g‘alaba qozongan. Janglarining to‘qqiztasi muddatidan ilgari yakunlangan.

Pablo Sezar Kanoda esa 44 ta jang, 35 ta g‘alaba, 8 ta mag‘lubiyat va 1 ta durang qayd etilgan. U, shuningdek, ikki bor jahon chempionlik kamarlari uchun jangga chiqgan va har ikki jangda mag‘lub bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring