Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ronaldudan ayblov olingach, «Yuventus» aksiyalari qimmatlashdi

Ronaldudan ayblov olingach, «Yuventus» aksiyalari qimmatlashdi

Foto: «Donbalon.com»

«Yuventus» futbol klubining aksiyalari qiymati bugun, 23-iyul tongida Milan birjasida 2,1 foizga qimmatlashdi. Bu haqda «Affari Italiani» xabar berdi.

OAV xabar berganidek, bir kun ilgari sud «Yuventus»ning eng nomdor o‘yinchisi — Krishtianu Ronaldudan nomusga tegish bo‘yicha ayblovni olib tashlagandi.

Yuqoridagi ikki voqea bevosita bog‘liq: o‘yinchining faoliyatiga hech narsa xavf solmayapti, demakki, jamoaning sovrinlar yutish imkoniyati ham o‘sdi, deyishmoqda kuzatuvchilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring