Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mashhur futbolchi 4 yilga sportdan chetlatildi

Mashhur futbolchi 4 yilga sportdan chetlatildi

Tuttosport nashri xabariga ko‘ra, «Yuventus» yarim himoyachisi Pol Pogba doping iste’mol qilgani uchun 4 yilga futboldan chetlatildi. Fransiyalikning topshirgan analizida testosteron darajasi juda yuqori ekanligi aniqlandi.

Pol Pogba 2012-yildan 2016-yilgacha «Yuventus»da o‘ynagan va 2022-yilning yozida Turinga qaytgan. 2023/24-yilgi mavsumda yarim himoyachi klub safida barcha musobaqalarda bor yo‘g‘i 10 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirgan.

Futbolchining Turin klubi bilan shartnomasi 2026-yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.

Transfermarket portali futbolchining narxini 20 million yevroga baholagan.

Avvalroq, «Yuventus» Pogba rasman diskvalifikatsiya qilingan taqdirda, u bilan shartnomani bir tomonlama bekor qilishi malum bo‘lgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring