Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ronaldu «Instagram»da «Yuventus»dagi maoshidan ko‘ra ko‘proq pul ishlab topdi

Ronaldu «Instagram»da «Yuventus»dagi maoshidan ko‘ra ko‘proq pul ishlab topdi

Foto: «Globallookporess.com»

«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu so‘nggi bir yil ichida «Instagram»da eng ko‘p pul ishlab topgan sportchilar ro‘yxatida yetakchilik qilmoqda, deya xabar berdi «Foxsports».

Nashrning ma’lum qilishicha, forvardning umumiy daromadi 50,3 million dollarni tashkil etdi. Bir yil ichida u ijtimoiy tarmoqqa 43ta  reklamali post joylab, har biridan 1,17 milliondan olgan. Shu tariqa, Ronalduning «Instagram»dagi daromadi «Yuventus»dagi okladidan ham oshib ketdi. Turinliklar bilan tuzgan shartnomasiga ko‘ra 33 million dollar oladi.

Ikkinchi o‘rinni «Barselona» hujumchisi Lionel Messi zabt etdi. U «Instagram»da 30,4 million dollar ishlab olgan. Kuchli uchlikka hindistonlik kriket o‘yinchisi Virat Koxli yakun yasab bergan (15,7 million). To‘rtinchi o‘rinni Devid Bekxem (11,6 million), beshinchi o‘rinni esa Neymar (8,1) egalladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring