Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Real» Klasikoda g‘alaba qozondi va «Barsa»dan bir ochko oldinga o‘tib oldi

«Real» Klasikoda g‘alaba qozondi va «Barsa»dan bir ochko oldinga o‘tib oldi

La Liganing 30-turida «Real» o‘z maydonida «Barselona»ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng madridliklar turnir jadvalida kataloniyaliklarni quvib o‘tdi va bir ochko oldinga chiqib oldi.

Shu bilan birga, Zidan shogirdlari La Liga yetakchisi «Atletiko» bilan ochkolari sonini tenglashtirib oldi (har birida 66tadan). Oldinda «Atletiko» bugun «Betis» bilan uchrashadi.

«Barselona» esa 65 ochko bilan uchinchi o‘rinda joylashgan.

Real Madrid – Barselona 2:1 (2:0, 0:1)

Gollar: 1:0 – 13 Benzema, 2:0 – 28 Kroos, 2:1 – 60 Mingesa.

Real Madrid – Kurtua, Mendi, Militao, Nacho, Vaskes (Odriosola, 43), Modrich, Kroos (Isko, 72), Valverde (Asensio, 61), Kazemiro, Vinisius Junior (Marselo, 72), Benzema (Mariano Dias, 72).

Barselona – ter Stegen, Dest (Grizmann, 46), Mingesa, Arauxo (Moriba, 72), Alba, Dembele (Breytueyt, 81), Buskets (Serji Roberto, 64), Pedri (Trinkau, 81), de Yong, Langle, Messi.

Ogohlantirish: Pedri (23), Arauxo (26), Nacho (69), Alba (84), Kazemiro (89).

Chetlatish: Kazemiro (90).

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring