Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Barsa» Braziliyadan markaziy hujumchi sotib oldi

«Barsa» Braziliyadan markaziy hujumchi sotib oldi

Ispaniyaning «Barselona» klubi Braziliya chempionatining yulduzlaridan biri – 18 yoshli Vitor Rokening transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Mundo Deportivo‘ning ma’lumotiga ko‘ra, bitim narxi 35+10 mln yevroni tashkil etadi. Roke 2029 yilga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzolaydi, tovon puli – 1 mlrd yevro. Braziliyalik «Barselona» safigaga yanvar oyida kelib qo‘shiladi.

Qayd etilishicha, «Atletiko Paranaense» 18 yoshli o‘yinchining Katalaoniya klubi safida «Oltin to‘p» uchun kurashda top-3ga kirsa va ushbu mukofotni qo‘lga kiritsa qo‘shimcha bonuslar oladi.

Yosh hujumchi joriy mavsum «Atletiko Paranaense» safida barcha musobaqalarda 27 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol va 5 ta assist qayd etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring