Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘FA prezidenti lavozimiga DXX raisi Abdusalom Azizov saylandi

O‘FA prezidenti lavozimiga DXX raisi Abdusalom Azizov saylandi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidentligiga Davlat xavfsizlik xizmati raisi Abdusalom Azizov saylandi.

Abdusalom Azizov 1960 yilning 20 yanvarida Toshkent shahrida tavallud topgan. O‘rta ta’lim maktabini bitirgandan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasida tahsil oladi.

2003 yildan e’tiboran uch yil davomida «O‘zbekneftegaz» milliy xolding kompaniyasi boshqaruv kengashi raisi sifatida faoliyat olib borgan. 2005 yilda Toshkent shahar IIV boshlig‘i lavozimiga tayinlanadi. Shundan so‘ng «O‘zneftmahsulot» AK bosh direktori sifatida ishlagan.

2008 yilning dekabrida Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari etib tayinlanadi. O‘sha yili u O‘zbekiston futbol federatsiyasi vitse-prezidenti lavozimiga ham saylangan.

2009-2017 yillar davomida Jizzax viloyati IIB boshlig‘i sifatida ishlagan. So‘ngra O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri sifatida tayinlanib, general-mayor unvoni beriladi.

2017 yilning 4 sentyabridan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri. 2019 yilning 11 fevralida Abdusalom Abdumavlonovich Azizov Davlat Xavfsizlik xizmati raisi etib tayinlanadi.

O‘FA tomonidan rasman ma’lum qilinishicha, assotsiatsiyaning sobiq prezidenti Achilbay Ramatov o‘z ixtiyoriga ko‘ra iste’foga chiqqan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring