Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Malmyoliklar Ibrahimovichni kechira olishmayapti

Malmyoliklar Ibrahimovichni kechira olishmayapti

Foto: «Aftonbladet.se»

Zlatan Ibrahimovichning «Malmyo» stadioni oldida o‘rnatilgan haykali noma’lum shaxslar tomonidan ag‘darib ketildi. «Aftonbladet.se» yozishicha, haykalning oyog‘ini arralashgani sababli u to‘siqqa qulab tushgan.

Ag‘darilgan haykalning boshiga «Shvetsiya» yozuvi tushirilgan sviter yopib ketilgan, poydevor yonidagi asfaltga esa «olib tashlansin» deb yozib ketishgan.

Ibrahimovichning haykali uchinchi marta hujumga uchrashi, oldingi safar uning burnini kesib ketishgandi.

«Malmyo»dan yetishib chiqqan Ibrahimovich klubning azaliy raqibi — «Xammarbyu»ga pul tikkanidan so‘ng malmyolik ashaddiy fanatlarning g‘azabiga uchragan. Shu bilan haykal ham qayta tiklanmaydi, shekilli.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring