Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ostonada Nazarboyev haykali demontaj qilindi

Ostonada Nazarboyev haykali demontaj qilindi

Qozog‘iston poytaxti Ostonada sobiq prezident Nazarboyevning haykali demontaj qilindi. 

Aytilishicha, Milliy mudofaa universiteti hududida Nursulton Nazarboyev haykali olib tashlandi. 

Qozog‘iston Mudofaa vazirligining tushuntirishicha, universitet nomidan birinchi prezident Elboshi nomi olib tashlangan, shu sababli ular yodgorlikni ko‘chirishga qaror qilishgan. Haykal Mudofaa vazirligi binolaridan birida vaqtincha saqlanayotgan bo‘lsa-da, keyinchalik harbiy tarix muzeyiga yuboriladi.

Avvalroq Nazarboyev dunyo yadro falokati yoqasiga kelib qolganidan ogohlantirgandi.

«Biz yadroviy falokatga har qachongidan ham yaqinroqmiz. Bunday ahvol meni xavotirga solmoqda, chunki mamlakatimiz yadroviy qurolsizlanish ishiga katta hissa qo‘shgan. Global miqyosda siyosiy irodasiz bu sohada sezilarli muvaffaqiyatga erishish deyarli mumkin emas», — degan Nazarboyev «Ostona klubi» yig‘ilishida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring