Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ibragimovich Rim papasini hayratda qoldirdi

Ibragimovich Rim papasini hayratda qoldirdi

Italiyaning «Milan» jamoasi hujumchisi Zlatan Ibragimovich Rim papasi bilan uchrashdi va o‘zining gaplari bilan uni hayratda qoldirdi.

«Tinchlik va muhabbat», deb yozgan 40 yoshli futbolchi Tvitterga papa Fransisk bilan tushgan rasmini qo‘yib.

Ibragimovich Rim papasi bilan qisqa suhbat olib borgan. Keyin esa o‘zi haqidagi «Adrenalin» kitobini sovg‘a qilgan.

«Sizga bir nima olib keldim va shaxsan o‘zim topshirishni istadim. Bu hayotimning bir qismi, bu kitob men haqimda», degan Zlatan.

So‘ng futbolchi «Papa Fransisk so‘zi bo‘yicha sport» degan dastxat bilan kitob va 11 raqami tushirilgan «Milan» libosini bergan.

«Milan» sizga yoqadimi? Bu libos bilan men maydonda sehrgarlik qilaman», deya suhbatni yakunlagan Zlatan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring