Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rim papasi: «Nahot, huzurimga kuchuk ko‘tarib kelgan bo‘lsangiz?!»

Rim papasi: «Nahot, huzurimga kuchuk ko‘tarib kelgan bo‘lsangiz?!»

Papa Fransisk va Italiya bosh vaziri Jorja Meloni.

Foto: EPA

Rim papasi Fransisk italiyaliklarni ko‘proq farzand ko‘rishga da’vat etib, uy hayvonlari aslo bola o‘rniga o‘tmasligini uqtirdi.

Katolik dunyosi yetakchisi juma kuni Italiyada demografik inqirozga bag‘ishlangan anjumanda qatnashib, o‘zi guvoh bo‘lgan hodisani so‘zlab berdi.

Bir ayol uning huzuriga kelib, farzandini duo qilib qo‘yishini so‘raydi va sumkasidan chaqaloq emas, balki kuchukchani chiqaradi.

«O‘shanda jahldan o‘zimni yo‘qotayozdim va unga tanbeh berdim. Ko‘plab bolalar ochlikdan aziyat chekayotgan bir paytda nega huzurimga kuchuk ko‘tarib kelganini so‘radim», – degan Rim papasi.

Bosh ruhoniyga ko‘ra, tug‘ilish ko‘rsatkichining pasayib ketgani yoshlarning ertangi kunga ishonchi so‘nganidan dalolatdir. Maosh kamligi, turarjoy va yashash xarajatlari oshib borayotgani yosh oilalarning farzand ko‘rish istagiga soya solmoqda.

Rim papasi bilan birgalikda anjumanda hozir bo‘lgan Italiya bosh vaziri Jorja Meloni mamlakatdagi demografik holatni «umummilliy favqulodda vaziyat» deb baholagan.

Italiya Yevropada tug‘ilish ko‘rsatkichi eng quyi darajaga tushib ketgan o‘lkalardan biri sanaladi. 2022 yilda tug‘ilish bor-yo‘g‘i 400 ming nafarni tashkil qildi. Keksa aholi soni ortishi va pandemiya sabab esa o‘lim ko‘rsatkichi oshgan.

Ayni paytda 59 million aholi yashayotgan mamlakat nufusi 2050 yilga borib 25 baravarga qisqarashi kutilmoqda. Buning ortidan, 2042 yildayoq YaIM 18 foizga kamayadi.

Italiya «bo‘sh beshiklar mamlakati» deb atalmoqda. Ekspertlar aholi soni qisqarishi qashshoqlik va iqtisodiy bo‘hronga yetaklashidan ogohlantirmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring