Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Chempion shaxmatchilarimizga qancha miqdorda mukofot puli beriladi?

Chempion shaxmatchilarimizga qancha miqdorda mukofot puli beriladi?

Hindistonning Chennay shahrida o‘tgan Butunjahon shaxmat olimpiadasida O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi turnir davomida biror marta mag‘lubiyatga uchramay chempionlikni qo‘lga kiritdi.

44-Butunjahon shaxmat olimpiadasida g‘olib bo‘lgan terma jamoamiz tarkibi quyidagicha:

  • Nodirbek Abdusattorov (2688)
  • Nodirbek Yakubboyev (2620)
  • Javohir Sindorov (2629)
  • Jahongir Vohidov (2564)
  • Shamsiddin Vohidov (2552)

E’tiborlisi, olimpiadasida jamoaviy bahslardan tashqari individual natijalar bo‘yicha ham hamyurtlarimiz medallarni qo‘lga kiritishdi.

Unga ko‘ra, Jahongir Vohidov 4-taxtada o‘ynagan  shaxmatchilar orasida oltin medalni qo‘lga kiritdi!

Nodirbek Abdusattorov esa 1-taxtadagi shaxmatchilar orasida kumush medalni (oltin medal Gukeshga nasib qildi), Nodirbek Yakubboyev esa 2-taxtadagi shaxmatchilar orasida bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Ko‘pchilikda savol tug‘ilishi tabiiy: chempion shaxmatchilarimizga qanday mukofotlar beriladi?

Prezidentning 5 avgustdagi qaroriga binoan, xalqaro turnirlarda g‘olib bo‘lgan shaxmatchi va murabbiylar bir martalik pul mukofotlari bilan rag‘batlantirilishi belgilangandi. 

O‘sha qarorda Butunjahon shaxmat olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritgan sportchilarga 600 mln so‘m pul mukofoti, ularning murabbiyiga esa 300 mln so‘m bir martalik pul mukofoti berilishi qayd etilgan.

Demak, chempion shaxmatchilarimiz eng kamida ushbu kafolatlangan mukofotlarni qo‘lga kiritishadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, chempionlar 10 avgustdan 11 avgustga o‘tar kechasi yurtimizga qaytib kelishadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring