Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Nodirbek Abdusattorov tarixiy natija qayd etdi

Nodirbek Abdusattorov tarixiy natija qayd etdi

O‘zbek grossmeysteri Nodirbek Abdusattorov Xalqaro shaxmat federatsiyasining (FIDE) yanvar oyidagi reytingida dunyoning eng yaxshi 15 nafar shaxmatchisi qatoridan joy oldi.

Shaxmatchimiz bir oy ichida 22-o‘rindan 15-o‘ringa ko‘tarildi, reyting ochkolarini esa 2727 dan 2744 taga ko‘tarib oldi. Shu tarzda Nodirbek O‘zbekiston tarixida bunday reytingga (2744) erishgan birinchi shaxmatchi bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Nodirbek Abdusattorov yaqinda nufuzli Tata Steel Chess turnirida qatnashib, sovrinli o‘rinni qo‘lga kiritgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring